12 mar 15:46
Yangiliklar

Rasman: UFC CHendler – Fergyuson jangini tasdiqladi + POSTER
UFC ushbu jangni rasman tasdiqladi. Sobiq Bellator chempioni Maykl CHandler 8 may kuni sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonga qarshi AQSHning Finiks shahridagi "FutPrint-Centr" arenasida oktagonga ko'tariladi.
Tez orada CHendler (22-7 MMA, 1-2 UFC) ham, Fergyuson (25-6 MMA, 15-4 UFC) ham shartnomaga rasman imzo chekadi. Ular oldinroq jangga og'zaki roziliklarini berishgan edi. Oqshomning markaziy jangi esa aynan shu vaznda amaldagi chempion CHarlz Oliveyra hamda davogar Jastin Getji o'rtasida bo'lib o'tadi.
UFC 274 turniri kardi:
CHarlz Oliveyra – Jastin Getji (chempionlik jangi);
Maykl CHendler – Toni Fergyuson;
Maurisio Rua – Ovins Sen-Pryo;
Blagoy Ivanov – Markos Rojerio de Lima;
Donald Serrone – Jo Lazon;
Mesi CHiasson – Norma Dyumont;
Ariane Karnelossi – Lopi Godines;
Kleydson Rodriges – Si Jey Vergara;
Denni Roberts – Fransisko Trinaldo;
Brendon Royval – Mett SHnell;
Rendi Braun – Xaos Uillyams.
Fikrlar