28 noy 14:01
Yangiliklar
Rasman! UFC SHara Bulletning navbatdagi jangini tasdiqladi
UFC bu malumotni rasman tasdiqladi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi avval xabar berilganidek, 1 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan turnirda britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Ha bu haqiqat – raqib aniq Maykl Peyj bo'ladi. Lekin bu jang SHarani chempionlik jangiga yaqinlashtiradimi yoki yo'q, buni bilmadim", - dedi Bulletnig menejeri Rizvan Magomedov.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan SHarabutdin Magomedov bir oy oldin UFC promoushenidagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. O'shanda u ikkinchi raundda o'zining sobiq sparring-sherigi Armen Petrosyanni nokautga uchratgan edi. Bu jangiga qadar SHara Bullet Bruno Silva va Mixal Oleksiychukni ochkolar bo'yicha mag'lub etgan, Antonio Trokolini esa nokaut qilgandi.
Yarimo'rta vaznda sobiq Bellator chempioni Maykl Peyj esa dunyoning eng kuchli ligasida ikkita jang o'tkazib, Kevin Xollanddan ustun keldi, Yen Machado Gerriga esa yutqazib qo'ygan.
Fikrlar