So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

25 fev 10:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman: WBA Madrimov - Navarro jangini chempionlik kamariga saralash jangi sifatida tasdiqladi

Dushanba kuni WBA tashkiloti rasman Isroil Madrimovning 29 fevral kuniga belgilangan jangi chempionlik kamari uchun saralash vazifasini o'tab berishi tasdiqladi.

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda birinchi o'rta vazn toifasi WBA reytingida 3-o'rinni egallab turgan Madrimov 29 fevral kuni AQSHning Fresko shahrida reytingning 10-pog'onasidan joy olgan CHarli Navarroga qarshi ringga ko'tariladi. G'olib bokschi chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi. 

Avvalroq, ESPN telekanali bokschilar reytingda 2-o'ringa ko'tarilish uchun o'zaro jang o'tkazishlari haqidagi xabarni elon qilgandi. Endi esa WBA tashkilotining o'zi jang chempionlik kamari uchun davogar bokschini aniqlab berishini tasdiqladi. 

WBA rasmiy saytida berilgan xabarga ko'ra, 29 fevral kungi boks oqshomi tashkilotchisi, britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn bu masala yuzasidan barcha talab va majburiyatlarni bajargan. SHundan keyingina WBA Madrimov - Navarro jangiga rasman saralash maqomini berdi. 

Malumot uchun, hozirda birinchi o'rta vazn toifasi WBA reytingida birinchi va ikkinchi o'rinlarni mos ravishda sobiq jahon chempioni Jarrett Xyord hamda Erikson Lyubin egallab turibdi. Jeyson Rosario WBA superchempioni, Erislandi Lara WBA Regular, Mishel Soro esa WBA Gold chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
26 fev 09:59:28
Inomjon Boltayev
Umar Ali foydalanuvchining fikriga javob berish
Rosorioga qarshi jang qiladimi yoki Ereslandy Laraga qarshimi shuni yozvorilar.
Bu Xirnga bog'liq chempion Rosario ga ham qarshi chiqib biladi hozir Larani kamariga asosiy davogar
   
25 fev 21:01:56
Umar Ali
Rosorioga qarshi jang qiladimi yoki Ereslandy Laraga qarshimi shuni yozvorilar.
   
25 fev 18:05:57
Сурхон Барлос
илтимос қондирилади
   
25 fev 15:50:05
Inomjon Boltayev
Iltimos qilardim shu Bu Xorazmlik Buxorlikga ajratmaylik
   
25 fev 12:39:17
Judo 1
Isroil omad, chempionlik kamarlariga yaqin kelding!
   
25 fev 10:48:42
Сурхон Барлос
олға Хоразмшоҳлар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing