07 mar 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasul Mirzaev ketma-ket ikkinchi jangida ham nokautga uchradi
Qozog'istonda aralash qoidalar bo'yicha ACA 105 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Rasul Mirzaev Arman Ospanovga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang uch daqiqa ham davom etmadi. Vaziyatlarning birida Ospanov qarshi hujumda Mirzaevni "ushladi".
O'tkazib yuborilgan aniq va kuchli zarbadan o'ziga kelib ulgurmay Mirzaev yana ketma-ket zarbalarni qabul qilib oldi. Buning natijasida referi jangni to'xtatdi. Bu Rasul uchun ketma-ket nokaut evaziga qabul qilingan ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. O'tgan yilning sentyabr oyida u SHamil SHaxbulatovga imkoniyatni boy bergan edi.
Malumot uchun, 33 yoshli Rasul Mirzaev MMAda 21 ta jang o'tkazib, ularning 18 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar