So’nggi yangiliklar

18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0

26 fev 15:58
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Ermatov: "Osiyo kubogining eng muhim o'yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko'rib chiqyapmiz"

Teglar :  Ravshan Ermatov
O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o'tkazish bo'yicha ariza yuborgan edi.

Bu borada futbol ommasidan kelib tushgan savollarga O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov javob berib o'tdi.


— Osiyo kubogi mezbonligini qabul qilish imkoniyatlari haqida:

— Osiyo kubogi qitamizning eng nufuzli futbol turniri hisoblanadi. SHu sababli mezbonlikka davogar mamlakatlar ko'pchilikni tashkil etadi. Hozirda OFK arizalarni qabul qilmoqda. Keyingi bosqichda ularni tasdiqlaydi va rasman elon qiladi. Imkoniyatlarni o'rganib chiqish jarayoni shundan so'ng boshlanadi. OFK maxsus inspekciyasi davogar mamlakatlar talablarga qanchalik mosligini aniqlaydi. Osiyo futbol konfederaciyasi qitamizning barcha hududlarida futbol yanada rivojlanishi tarafdori. Ayni paytgacha milliy jamoalar o'rtasidagi Osiyo kubogi aksariyat mintaqalarda bo'lib o'tgan. Markaziy Osiyo ushbu turnirga hozircha mezbonlik qilmagan. OFK bizning mintaqaga ham o'zining eng katta musobaqasi mezbonligini taqdim etishiga umid bildiramiz.

— Osiyo kubogi mezbonlariga qanday talablar qo'yiladi va ushbu mamlakatlar bunga tayyormi?

— Agar oxirgi yillarni oladigan bo'lsak, O'zbekiston uchta yirik musobaqaga mezbonlik qildi. U-20 va U-23 Osiyo chempionatlari mezbonligiga nomzodimizni yuborganimizda dastlab OFK bizning qanchalik tayyor ekanligimiz borasida o'ylandi. Keyinchalik barcha talablarni o'z vaqtida va sifatli bajarganimizdan so'ng hech qanday shubhaga o'rin qolmadi. Mehmonxonalar, logistika, transport va boshqa yo'nalishlar xalqaro standartlarga moslashtirildi. Hozir tashkiliy jihatdan OFK ishonchini qozonganmiz, deb o'ylayman. Xalqaro maqomdagi stadionlarimiz ham bor. Lekin bizga sig'imi kattaroq stadionlar kerak. Osiyo kubogining eng muhim o'yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko'rib chiqyapmiz. Qo'shnilarimiz ham barcha sharoitlarni taqdim etishga tayyor. Masalan, Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda 51 ming muxlisga mo'ljallangan stadion qurilishi boshlab yuborilgan. Ishonchim komil, agar turnir bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o'tkaza oladi.

— Osiyo kubogi mezbonligining biz uchun qanday ijobiy tomonlari bor?

— Birinchi navbatda bu futbol muxlislari uchun katta bayram. Bugun Osiyo futboli rivojlanib boryapti. Eng yaxshi yulduz futbolchilar qitamizga kelib o'ynashyapti va osiyoliklar Evropaning eng yirik klublariga yo'l olishyapti. Ularning hammasi Osiyo kubogida ishtirok etadi va yurtimiz maydonlarida unutilmas uchrashuvlar o'tkazishadi. Qolaversa, milliy jamoamiz ham o'z hududida yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qiladi. Qo'shni qardosh mamlakatlar bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlanadi. Zamonaviy futbol infratuzilmasi rivojlanadi va mutaxassislarimiz xalqaro tajribaga ega bo'ladi. Butun dunyo futbol jamoatchiligi etibori nafaqat futbolimizga, balki mamlakatlarimiz turizm salohiyati, madaniyati va tarixiga qaratiladi. O'z navbatida futbol orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shish imkoniyati paydo bo'ladi. Barcha sohalar singari futbol ham kompleks va keng qamrovli harakatlar bilangina rivojlanib boradi. Katta loyihalar tasiri eng kichik futbol maktablarigacha kirib boradi. SHu sababli, biz Osiyo kubogi kabi turnirni yurtimizga olib kelish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing