27 iyu 09:34
Yangiliklar

Rayan Garsiya - Rolando Romero revanshi shu yil o'tkazilishi mumkin
Amerikalik bokschi Rayan Garsiya hamda yarimo'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Rolando Romero o'rtasidagi revansh jang bo'yicha muzokaralar boshlandi.
Bu haqida vaziyatga yaqin manbaalar xabar bermoqda.
"Meni barchasidan ko'ra Rolando Romero bilan revansh qiziqtirmoqda. O'sha kuni men o'zimning eng yaxshi formamda emasdim. Yillik tanaffusdan so'ng qo'limda muammolar bo'lgandi. Jangga ikki hafta qolganida chap qo'limdagi barmog'imda muammo bo'ldi. Men deyarli qo'lsiz jang qildim va shu sababli deyarli zarbalar bera olmadim", - dedi Garsiya.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar