10 iyu 15:29
Yangiliklar
Futbol

"Real" 2025 yilgi klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmoqchi emasligi haqida gapirildi, keyin esa...
FIFA 2025 yilda 32 ta jamoa ishtirokida klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazmoqchi.
Avvaliga Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi Madridning "Real" klubi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi haqida xabar berildi. Murabbiy Anchelottining aytishicha Madrid klubi FIFA taklifini rad qiladi va AQSHga bormaydi. Bunga sabab sifatida mukofot jamg'armasining kamligi aytilgandi.
"Real" bitta o'yin uchun AQSHga borsa 20 mln evro ishlab topadi. FIFA esa bizga butun turnir uchun shuncha pul berishmoqchi. Uzr", - degandi Anchelotti.
Keyinchalik klub ushbu gap-so'zlarni inkor etdi. Anchelotti esa bu gap-so'zlariga quyidagicha izoh berdi: "Mening so'zlarimni noto'g'ri talqin qilishdi".
Havola :
Manba : Relevo
Fikrlar