28 may 18:35
Yangiliklar
Futbol

"Real" "Arsenal" ko'zlagan futbolchini ilib ketmoqchi
"Real" "Real Sosedad"ning tayanch yarim himoyachisi Martin Subimendini maqsad qilib oldi.
U Londonning "Arsenal" jamoasi asosiy maqsadi edi.
Goal.com xabariga ko'ra, "qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Subimendini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda va uni jamoani tark etayotgan Luka Modrichning o'rnida ko'rmoqda.
Oldinroq insayder Fabricio Romano "Arsenal" 60 mln evrolik tovon pulini to'lab, Subimendini safiga qo'shib olishi haqida xabar bergan edi.
Martin Subimendi joriy mavsum "Real Sosedad" safida 48 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub bilan shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va uning transfer qiymati 60 mln evro deb baholangan.
Havola :
Manba : Goal.com
Fikrlar