02 sen 17:27
Yangiliklar
"Real" himoyachisi Asensio sudlandi
Bu haqda Canarias 7 nashriga tayanib Mundo Deportivo xabar berdi.
Hodisa avgust oyida sodir bo'lgani takidlanmoqda. 23 yoshli Raul Asensio Gran-Kanariya janubida o'z Porsche avtomobili rulida qonidagi alkogol darajasi ruxsat etilgan meyordan to'rt baravar yuqori bo'lgan holda to'xtatilgan. U soddalashtirilgan tartibda sudlanib, 14 400 evro miqdorida jarima va sakkiz oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosini oldi.
Bundan tashqari, Asensio va "Real" yoshlar jamoasining yana uch nafar sobiq o'yinchisiga nisbatan ikki ayol ishtirokidagi jinsiy xususiyatga ega videoroliklarni ularning roziligisiz tarqatganlik ayblovi bo'yicha sud surishtiruvi boshlanganda, yaqin kunlarda u yana sud oldida javob beradi.
Fikrlar