19 avg 13:18
Yangiliklar
Futbol
"Real" La Ligani sudga berdi. Klub TV huquqi uchun beriladigan pul taqsimotidan norozi
Madridning "Real" klubi Ispaniya Milliy sudiga La Liga ustidan shikoyat qildi.
Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi. "Qirollik klubi" shartnoma qoidalaridan biri va chempionatni o'tkazuvchi tashkilotdan norozi.
La Liga media faolligiga qarab 130 million evro ajratadi. Mavsum boshlanishidan oldin faqat "Real" bu bandga qarshi ovoz bergan. SHu bois, birinchi davrada operatorlarga o'yinlar oldidan jamoaning kiyinish xonasiga kirish imkoni berilmagan, futbolchilar esa "Atletiko" bilan o'yin tanaffusida intervyu bermagan.
"Real" La Liganing ushbu qoidasini bekor qilmoqchi. Agar u o'z kuchida qolsa, madridliklar 13 million evro yo'qotadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar