21 may 14:19
Yangiliklar
Futbol

“Real“ Rodrigoning o'rniga “Barselona“ ancha vaqtdan beri qiziqayotgan futbolchini sotib olmoqchi
Rodrigo “Real“ni tark etsa, uning o'rniga “Qirollik klubi“ kimni olib kelishni reja qilgani malum bo'ldi.
Marca nashrining xabar berishicha, “Real“ “Atletik“ futbolchisi Niko Uilyams bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. Manbaga ko'ra,ushbu transfer amalga oshishi uchun “Real“ “Atletik“ka 58 million to'lashi lozim bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Niko Uilyamsga ancha vaqtdan beri “Barselona“ qiziqish bildirib keladi. Hujumchi joriy mavsum 44 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar