03 may 11:11
Yangiliklar
Futbol
"Real" sardori yozda jamoani tark etadi
Madridning "Real" klubi sardori Dani Karvaxal yozda jamoadan ketadi.
Madrid jamoasi himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi. Futbolchi yozda erkin agent sifatida boshqa klub safiga borib qo'shiladi.
"Real" safida 2013 yildan beri to'p surgan Karvaxal jami 4 ta La Liga chempioni tituli, 2 ta Ispaniya Kubogi, 4 ta Ispaniya Superkubogi, 6 ta CHempionlar Ligasi tituli, 5 ta UEFA Superkubogi va 5 ta FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritdi.
U shu vaqt Ichida madridliklar safida jami 448 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 65 ta assist bor.

Havola :
Fikrlar