24 apr 12:57
Yangiliklar
Futbol

"Real"ning ikki futbolchisi kechagi o'yinda jarohat oldi va "Barselona"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
Kecha tunda Madridning "Real" klubi "Xetafe" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ammo bu g'alaba madridliklar uchun ancha qiyin bo'ldi.
Tanaffus vaqtida himoyachi David Alaba chap oyog'ida noqulaylik sezib, almashtirildi. Uning o'rnini Eduardo Kamavinga egalladi. Franciyalik futbolchi deyarli o'yin oxirigacha o'ynadi, ammo qo'shib berilgan vaqt boshida u ham Luis Miglianing qo'polligi natijasida jarohat olib, maydonni tark etdi.
Har ikki futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o'tadi va qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Real" navbatdagi uchrashuvini "Barselona"ga qarshi Ispaniya kubogining finalida o'tkazadi. Uchrashuv 26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar