30 mar 12:41
Yangiliklar
Revansh bekor qilinsa, Golovkin va Alvares millionlarni boy berishadi
Bunga Alvaresning qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlangani sabab bo'lmoqda. Nevada shtatining Atletik komissiyasi Saul “Kanelo”ni vaqtinchalik chetlatdi. Yakuni qaror 10 aprel kuni qabul qilinadi.
Agar revansh jangi haqiqatan ham bekor qilinsa, ikkala bokschi katta miqdorda moliyaviy zarar ko'rishadi. Durang natija bilan yakunlangan ilk jangda meksikalik bokschi 5 million, Golovkin esa 3 million dollar gonorar olgandi.
Bu faqat bokschilarga vada qilingan va kafolatlangan gonorar summalari. Bundan tashqari, translyaciyalar sotuvidan 1,3 million, chiptalar sotuvidan esa 27,06 million dollar daromad ko'rilgan.
Bu boks tarixidagi uchinchi natija hisoblanadi. Ana shu tushumlardan olinadigan ulushni ham qo'shib hisoblasak, Golovkin va Alvares yana bir necha millionga ega bo'lishadi. Revansh jangida bu summa yana ham ko'proq bo'lishi aniq. SHu bois, revanshning bekor qilinishidan bokschilar va ularning promouterlari manfaatdor emaslar.
Fikrlar