So’nggi yangiliklar

20:55Хамзат Чимаев билан кураш тушишга тайёр бўлган Олимпиада чемпиони топилди 0 19:07Стерлинг Волкановскининг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 18:45"Сени шунчаки нокаут қилишди, ўзингни оқлама". Анкалаев Прохазкага мурожаат қилди 0 18:23"Топурия: "Агар Гэтжи орқага чекинмаса, уни биринчи раундда нокаут қиламан" 0 18:22Shymkent Challenger. Фомин уч соатлик баҳсда бешинчи ракеткани мағлуб этди 0 18:01"Винисиус "Реал"да қолишини истайман, мухлислар уни яхши кўришади" - Альваро Арбелоа 0 17:39Анкалаев: "Мени яхши кўришингиз шарт эмас, лекин..." 0 17:17Топурия — Царукян ҳақида: "Ижтимоий тармоқларда ҳамма "шер" 0 16:49Тошкент шаҳри дзюдо бўйича Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28"Челси" тарихий антирекорд ўрнатди 0 16:07Академик эшкак эшувчиларимиз Кореядаги халқаро турнирда қатнашади 0 15:46Тони Белью: "Жошуа ҳатто ахлат ташувчи билан жангни ҳам сотиши мумкин" 0 15:25U18 хоккей терма жамоамиз Осиё Кубогида қатнашади 0 15:04АПЛда мўжизавий чемпионликка эришган "Лестер Сити" Чемпионшипдан тушиб кетди 0 14:43Пауло Коста Богдан Гусковнинг чақирувига жавоб қайтарди 0

05 jan 17:54
Yangiliklar

Dzyudo

Reyting karvonboshisi Davlat Bobonov 10 000 dollarga ega bo'ldi

Teglar :  Davlat Bobonov
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) 2021 yilni reyting peshqadami sifatida yakunlagan 14 nafar dzyudochiga mukofot tariqasida 10 000 AQSH dollari taqdim etadi.

IJF shu yo'l bilan 14 ta vazn toifasida Olimpiada yilini birinchi o'rinda yakunlagan dzyudochilarni taqdirlashga qaror qildi. O'n ming dollarga ega chiqqanlar orasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov ham bor. Hamyurtimiz -90 kg vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.   

Etiborga molik jihati shundaki, dzyudo vatani hisoblangan Yaponiyadan hech kim o'z vaznida 2021 yilni peshqadam sifatida yakunlay olmagan. Reyting karvonboshisi sifatida pul mukofotiga to'rt francuz, ikki nafardan gruzin, rus va kosovolik, bir nafardan Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xorvatiya va O'zbekiston vakili ega bo'lgan. 

2021 yil reyting peshqadamlari:

Erkaklar

-60 kg: Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) 5140 ochko

-66 kg: An Baul (Janubiy Koreya) 5240 

-73 kg: Lasha SHavdatuashvili (Gruziya) 5475 

-81 kg: Tato Grigalashvili (Gruziya) 6592 

-90 kg: Davlat BOBONOV (O'zbekiston) 7536

-100 kg: Arman Adamyan (Rossiya) 5420 

+100 kg: Tamerlan Bashaev (Rossiya) 6250 

Ayollar

-48 kg: Distria Krasniki (Kosova) 5920 

-52 kg: Amandin Bushar (Franciya) 5890 

-57 kg: Nora Gjakova (Kosova) 5880 

-63 kg: Klarisse Agbegnenou (Franciya) 7200 

-70 kg: Barbara Matich (Xorvatiya) 5595 

-78 kg: Madelin Malonga (Franciya) 5940

+78 kg: Roman Diko (Franciya) 6450

Malumot uchun, 2022 yilgi dzyudo mavsumi Portugaliya Gran-prisi bilan boshlanadi. Odivelash shahri mezbonlik qiladigan ushbu turnir 28-30 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing