15 may 14:17
Yangiliklar
Tennis

Rim "Masters". Amaldagi chempion 1/4 finaldayoq raketkasini g'ilofiga soldi
Italiyaning Rim shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirda 1/2 finalchilar aniqlandi.
Musobaqaning amaldagi chempioni Aleksandr Zverev chorak finaldayoq yurishini to'xtatdi. Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Zverev 1/4 finalda reytingning to'qqizinchi pog'onasida joy olgan italiyalik Lorenco Muzettiga 6/7(1), 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Lorenco tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida oldinda bormoqda - 3:1. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 3, Muzetti 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik xuddi shu hisob ko'rinishida italiyalik foydasiga hal bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar