30 avg 10:55
Yangiliklar
Tokio-2020
Rim Olimpiada-2024 mezbonligi uchun bergan arizasini qaytarib olishi mumkin
Rim shahri meriyasi Olimpiada-2024 mezbonligi uchun bergan arizasini qaytarib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Inside The Games.
SHaharning yangi meri Virjiniya Radji Italiya poytaxtining mezbon bo'lishiga qarshi chiqdi va tez orada ariza qaytarilib olinishi mumkin. La Repubblica nashrining xabar berishicha, Radji bu masalani Italiya milliy olimpiya qo'mitasi (CONI) prezidenti Jovanni Malago bilan ko'rib chiqadi.
Yakuniy qaror kelasi hafta so'nggida yoki bo'lmasa Riodagi Paralimpiya o'yinlari yakunlaganidan so'ng elon qilinadi. Paralimpiya o'yinlari 18 sentyabr kuni yakunlanadi. Avvalroq Gamburg shahri ham referendumdan so'ng Olimpiada-2024 mezbonligi uchun bergan arizasini qaytarib olgan edi.
Havola :
Fikrlar