12 may 19:14
Yangiliklar
Tennis

Rim WTA 1000. 18 yoshli Mirra Andreevada yana g'alaba
Dunyoning ettinchi raketkasi Mirra Andreeva Rimda davom etayotgan nufuzli turnirning to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik 18 yoshli iqtidor egasi uchinchi bosqichda WTA reytingida 30-o'rinni egallab turgan chexiyalik Linda Noskovani 6/1, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mirra tennis malikalarining o'zaro uchrashuvida oldinda bormoqda - 3:1.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Noskovada bittaga ko'proq bo'ldi - 6 ga 5. Andreeva 5 ta breyk evaziga uchrashuvni o'z foydasiga hal qildi. Endi u 1/4 final chiptasi uchun daniyalik Klara Tausonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar