13 may 16:34
Yangiliklar
Tennis

Rim WTA 1000. Elina Svitolinaning yurishi davom etmoqda
Dunyoning 14-raketkasi Elina Svitolina Rim shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning chorak finaliga chiqdi.
Ukrainalik tennis malikasi to'rtinchi davrada WTA reytingining 35-pog'onasida borayotgan amerikalik Daniel Kollinzni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklab qo'ydi - 2:2.
Sakson etti daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 3 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi Elina yarim final chiptasi uchun amerikalik Peyton Styornsga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar