14 may 16:36
Yangiliklar
Tennis

Rim (WTA). 18 yoshli Mirra Andreevani to'xtatishdi
Italiyaning Rim shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
WTA reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Mirra Andreeva 1/4 finalda dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga 4/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 21 yoshli Goff 18 yashar Mirra uchun noqulay raqiba bo'lib qolmoqda. O'zaro o'tkazilgan to'rtta uchrashuvning barchasida Kokoning qo'li baland kelgan.
Bir soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda Goff 2 ta eys, 4 ta breykka erishib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar