18 avg 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Rimdagi “Masters”da barcha yulduzlar kortga chiqadi
17 sentyabr kuni Italiyaning Rim shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqaga start beriladi.
Bugun tashkilot matbuot xizmati turnirda kimlar ishtirok etishini rasman elon qildi. Ro'yxatda Top-10 reytingidagi deyarli barcha tennischilar bor. Rimdagi kortlarda Novak Jokovich, Rafael Nadal, Dominik Tim, Stefanos Cicipas, Aleksandr Zverev, Gael Monfis, David Goffen, Daniil Medvedev, Karen Xachanov va Andrey Rublev kabi tennischilar bahs olib borishadi.
Malumot uchun, o'tgan yilgi “Masters”ning finalida Rafael Nadal Novak Jokovichni mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar