01 may 18:04
Yangiliklar
Rio-2016 chempioni Ruslan Nurudinov dekabrdan yana musobaqalarga qaytadi
Musobaqa ishtirokchilarining doping-testi 2018 yil qayta tekshirilishi natijasida sportchimiz analizida turinabol aniqlanadi.
Tabiiyki, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi ham bu vaziyatda atletimizni yolg'iz qoldirmadi. Uzoq davom etgan surishtiruv ishlaridan so'ng Nurudinov ikki yil davomida musobaqalarda ishtirok etishiga taqiq qo'yildi. Ushbu muddat 2018 yilning 18 dekabridan boshlab hisoblanadi va 2020 yilning 17 dekabrida yakuniga etadi.
Etiborli jihati, 2012 yildan keyin o'tkazilgan musobaqalardagi natijalar va medallar sportchimizdan olib qo'yilmaydi. Yani Rio-2016 Olimpiadasida 105 kg vazn toifasida Ruslan qo'lga kiritgan oltin medali, 2013 (oltin) va 2014 yilgi (kumush) Jahon chempionatlari hamda Osiyo o'yinlari-2018 natijalari ham bekor qilinmaydi.
Fikrlar