So’nggi yangiliklar

01:44Бобир Тагиев иштирокидаги Mangu 3 марказий жанги биринчи раундда якунига етди (ВИДЕО) 0 00:59Mangu 3. Амирхон Алихўжаев иштирокидаги жанг муддатидан аввал якунланди (ВИДЕО) 0 00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0

14 avg 09:47
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Rio-2016. Hasanboy Do'stmatovning bugungi final oldidan fikrlari

O'zbekiston sport delegaciyasiga dastlabki oltin medalni bokschimiz Hasanboy Do'smatov taqdim etishga juda yaqin turibdi.

Bugun -49 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz hal qiluvchi final jangida ringga ko'tariladi. Uning raqibi kolumbiyalik Yurberxen Martines bo'ladi. Martines jiddiy raqib. Yarim finalda u kubalik bokschini mag'lubiyatga uchratib, buni amalda isbotladi. 

SHunday bo'lsada, oltin medalga barcha yurtdoshlarimiz qatori biz ham umid bog'layapmiz. Final jangi oldidan biz Hasanboy Do'smatovdan intervyu oldik. 


- Hasanboy, g'alaba muborak bo'lsin. Avvalo, yarim final jangi haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. 

- Tabrik uchun rahmat. O'z o'rnida men ham uzoq masofadan biz sportchilarni g'oyibona qo'llab-quvvatlayotgan hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ularning ishonchlarini oqlashga astoydil harakat qilamiz. Endi bevosita jangga kelsam, uning qiyin kechishini bilardim. Amalda ham shunday bo'ldi. Dastlabki ikki raundni o'z foydamga hal qilganimni bilganim uchun ham uchinchi raundda kuchimni finalga tejashga harakat qildim. Buning natijasida hotirjamlik ham yuzaga keldi, bo'shashdim. SHunday bo'lsada, raqibimni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldim. 


- Amerikalik raqibingiz bilan ilk marotaba to'qnash keldingizmi?

- Ha, avval uchrashmagandim. Uni shu Rioda o'tkazgan avvalgi janglari orqali o'rgandik. Murabbiylarimiz bilan birga shunga yarasha jangga taktika tayyorlagandik. Natijasi esa yomon bo'lmadi. 


- Ikkinchi yarim final jangini bevosita arenadan kuzatdingizmi?

- Albatta. Finaldagi raqibim kim bo'lishini kuzatib bordim. Men kubalik bokschi g'alaba qozonadi deb o'ylagandim. Biroz kutilmagan natija bo'ldi men uchun. Endi finalda kimga qarshi jang o'tkazishning unchalik ahamiyati yo'q. Finaldagi raqiblar hamisha jiddiy bo'lgan. Yaxshi tomoni shundaki, kolumbiyalik raqibim mening jang uslubimga mos tushar ekan. SHundan xursandman. O'ylaymanki, chiroyli g'alabam bilan hamyurtlarimizni xushnud etaman. O'zbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni taqdim etishga astoydil harakat qilaman. Bundan 16 yil avval Muhammadqodir aka Abdullaev bokschida chempion bo'lgandilar. O'sha oltin medal yagona bo'lib kelyapti. Men ham Muhammadqodir akan singari chempion bo'lishni istayman. Mening g'alabam qolgan bokschilarimizni ham ruhlantirishi aniq.      


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

+3   
14 avg 11:00:27
Feyajolk
"HASANBOY TERMINATOR" DEGANIMIZGA YANA XURSAND BO'LIB KOLUMBIYALIKNI PACHOQ QILIB QO'YMA U HAM BIROVNI BOLASI AXIR )))
   
14 avg 14:37:02
shohrux mardonov
Xasanboy omat !
   
14 avg 14:36:42
shohrux mardonov
Xasanboy omat !
   
14 avg 12:35:55
Doniyor.Uzb.com
Allohni o'zi qo'llasin!!! Xasanboy biz senga ishonamiz. Nasib qilsa oltin seniki.


Olģa
   
14 avg 12:26:23
Жавохир
O'ziga bo'lgan ishonchi bor bu bolani qani olg'a Hasanboy ukam faqat oltin uchun erkak gazni bos
   
14 avg 11:56:10
G'ayratjon
Bugun Rioda O'ZBEKISTON madhiyasi yangrashiga ishonamiz. olg'a XASANBOY DO'SMATOV!!!
   
14 avg 11:54:04
Akmaljon
Боксчиларимиз оламспорт сайтини укирмикан? Камолиддин ака сиз нима дейсиз?
   
14 avg 11:31:48
umatillayev
"O'zbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni taqdim etishga astoydil harakat qilaman" Ilohim, maqsadingga erish, ortingda butun O'zbekiston turibdi. Har bir g'alabangdan faxrlanib, ko'zlari sevinch yoshlariga to'lib seni chempionligingni kutyapti! O'zi kuch quvvat bersin. Olg'a Xasanboy! Olg'a O'zbegim!
   
14 avg 11:19:21
erkin
Йигитлар, бизнинг қуллаб-қувватлашаётганимизни РИодагилар ҳис қилишмоқда, ўқиб ўрганишмоқда, ҲАСАНБОЙ:"Ўз ўрнида мен ҳам узоқ масофадан биз спортчиларни ғойибона қўллаб-қувватлаётган ҳамюртларимизга миннатдорчилик билдираман. Уларнинг ишончларини оқлашга астойдил ҳаракат қиламиз." Шунинг учун руҳий қуллаб, "ДУХ"ини кўтарадиган истакларни ёзсак ҳурсанд бўлишади.
   
14 avg 10:49:21
Chiroqchi sity
Uzbekiston!!! Uzbekiston!!! Uzbekiston!!! O'zbegim uglanlar nimalarga qodirligini kuraatib quyishadi butun dunyoga!!!
   
14 avg 10:46:47
Chiroqchi sity
Xasanboy Gaziga bosssss!!! Seni butun 32mlion O'ZBEKISTON qullab quvatlab duo qilib turibdi!!! Faqat Oltin shuni unutma!!!
   
14 avg 10:06:33
AlexiS_DaN
Хасанбой, олга, биз сенга ишонамиз, узбек углони) Олтин медал кулга киритишинга тилакдошмиз)
   
14 avg 09:51:09
Akmaljon
Узига булган ишонч жуда зур, рухий тайёргарлик жойида Олга Хасанбой Терминатор
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing