09 avg 11:50
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
Rio-2016. Kolumbiyaga ilk oltinni og'ir atletikachi taqdim etdi
Kolumbiya terma jamoasi Rio-2016 Olimpiadasidagi ilk oltin medalni qo'lga kiritdi.
Og'ir atletika musobaqasining 62 kg vazn toifasidagi sportchilari bahslarida ishtirok etgan Oskar Alberto Figeroa Moskera eng yaxshi natija bilan Kolumbiya terma jamoasiga Rio Olimpiadasidagi dastlabki oltin medalni taqdim etdi. Figeroa ikki kurash (dast va siltab ko'tarish) yakunlariga ko'ra 318 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi.
Rio Olimpiadasi 33 yoshli kubalik og'ir atletikachi uchun faoliyatidagi so'nggi musobaqa bo'ldi. Figeroa Kolumbiyaga ushbu mamlakat tarixidagi uchinchi oltin medalni tuhfa qildi. Ungacha Mariya Isabel Urrutiya (og'ir atletika, 2000) va Mariana Paxon (velosport, 2012) ham olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Fikrlar