28 dek 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rio-2016 kumush medalidan mahrum qilingan Aloyan apellyaciya beradi
Rossiyalik bokschi Mixail Aloyan doping sabab Rio Olimpiadasining kumush medalidan mahrum qilingan edi.
Bokschining murabbiyi Eduard Kravcovning xabar berishicha, Aloyan Yangi yil bayramigacha ushbu qaror yuzasidan apellyaciya beradi.
“SHu haftadayoq apellyaciya beramiz. Misha bir hafta mobaynida CHexovada mashg'ulot o'tkazdi. Ayni paytda u yaxshi sport formasida. U Novosibirskka qaytdi va yanvar oyidan to'laqonli mashg'ulotlarni boshlaydi”, – dedi Kravcov.
Eslatib o'tamiz, SHveycariyaning Lozanna shahrida joylashgan Sport arbitraj sudi (CAS) doping qabul qilgani uchun Misha Aloyanni Rio Olimpiadasining kumush medalidan mahrum etgandi. Misha finalda hamyurtimiz SHahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar