So’nggi yangiliklar

14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0 12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0

17 iyu 15:52
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Rio-2016. Olimpiadada O'zbekistonga medal taqdim etishi mumkin bo'lgan sportchilar - Rustam To'laganov

Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.


Bugungi qahramonimiz boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempionati sovrindori Rustam To'laganov.


Rustam To'laganov – 1991 yilning 8 oktyabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. CHin manoda istiqlol farzandi. Sport bilan 10 yoshidan shug'ullanishni boshlagan. Toshkentdagi bolalar va o'smirlar sport maktabida ilk murabbiyi Abduvali SHomirzaevdan boks sir-asrorlarini o'rgandi. O'zining harakatchan va tirishqoqligi bilan terma jamoa murabbiylari etiborini tortdi. 2011 yili Bishkek shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda u oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu uning xalqaro maydondagi ilk medali edi. Aynan o'sha yili Pokistonda tashkil etilgan nufuzli xalqaro musobaqada kumush medalga sazovor bo'ldi. 2012 yilda Vengriyada bo'lib o'tgan xalqaro turnirdan ham kumush medal bilan qaytdi. SHu yili Ukraina va Xitoy davlatlarida o'tkazilgan xalqaro musobaqalarda ham shoxsupaga ko'tarildi.

Sahifamiz qahramoni 2013 yili Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan Butunjahon talabalar universiadasida ishtirok etdi. Rustam finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Afsuski, qo'lidan olgan jarohati sabab, u final jangida ishtirok eta olmadi. To'laganov finalga qadar ozarbayjonlik Abdulqodir Abdullaev, estoniyalik Rain Karlson, franciyalik Dilan Brejonlarni katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan yarim finalda Brejonga qarshi o'tkazilgan jangdagi jarohat uni oltin medal uchun kechadigan bahsda ringga chiqishdan mahrum qildi. 2015 yili Rustam To'laganov Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 


Osiyo chempionati sovrindori bo'lgan Rustam To'laganov Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini shu yili Xitoyning Kuinan shahrida o'tkazilgan Osiyo-Okeaniya mintaqalarining qo'shma  licenzion musobaqasida qo'lga kiritdi. 91 kilogramm vazn toifasida ringga ko'tarilgan hamyurtimiz yarim final jangida avstraliyalik Jeyson Vateleyni nokautga uchratdi. Bu g'alaba unga Olimpiya o'yinlari chiptasini taqdim etdi. Malumot uchun, charm qo'lqop ustamiz final jangida xitoylik YU Fenkayni mag'lubiyatga uchratib, O'zbekiston terma jamoasiga beshinchi oltin medalni keltirgandi.

Orzuim – 31-Yozgi olimpiya o'yinlari medallaridan birini qo'lga kiritishdir, - deydi bokschimiz. Biz olimpiadada ishtirok etuvchi barcha sportchilarimiz qatori Toshkent boks maktabi tarbiyalanuvchisi Rustam To'ganovga ham chin manoda zafar yor bo'lishini, Braziliyadan yorug' yuz bilan qaytib kelishini tilaymiz.


Muallif: K. Alimov

Reyting:    

Fikrlar

+1   
17 iyu 19:32:56
otayor UZB boks
R. To'laganov uzb terma jamoasi azosi undan va boshqa bokschilardan ham oltin medallar kutib qolamiz
   
17 iyu 19:30:03
otayor UZB boks
Olamsport.com sayti ma'muriyatiga, hodimlariga ishlariga omad tilab qolamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing