29 iyu 13:37
Yangiliklar
Rio-2016 o'yinlari oldidan. Bokschilarimiz haqida
Albatta, zamonaviy olimpiya o'yinlarida ishtirok etish har bir davlat vakili uchun faxr hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilligidan so'ng ana shunday sharafga ega bo'layotgan vakillarimiz soni yil sayin ortib bormoqdaki, endi ular nafaqat to'rt yillikning nufuzli musobaqasida ishtirok etish, balki dunyo miqyosida tobora o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan diyorimizga yuqori natijalar bilan qaytishga qatiy bel bog'lamoqdalar. Bu avvalo ularning o'z vataniga bo'lgan cheksiz hurmati va O'zbekiston vakillarining hech kimdan kam emasligiga ishonch namunasidir.
Rio-de-Janeyroda o'tadigan yozgi Olimpiya va Paraolimpiya o'yinlariga bu safar 100 dan ziyod sportchilarimiz yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu 2012 yil Londonda o'tgan olimpiya o'yinlariga nisbatan deyarli ikki barobar ko'p demakdir. Licenziyaga ega bo'lgan atletlarimiz barchasi avvaldan tuzilgan reja asosida bir necha bosqichda tayyorgarlik olib bormoqdalar.
Bu borda Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi qarori ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlarini tizimli asosda tashkil etishda dasturilamal bo'layotir.
Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi yaqinlashgan sari har bir sport muxlisini o'ziga xos hayajon qamrab oladi. Natija borasida taxminlar avj oladi. Kimdir bokschilarga ishonch bildirsa, kimdir og'ir atletikachilarga yana kimdir esa taekvondo bo'yicha o'zi ishongan sportchisini tilga oladi. Dunyoning eng ko'zga ko'ringan vakillari ishtirokidagi musobaqada bu kabi bashoratlar har doim ham o'zini oqlamasada, biroq bunday fikrlarning oldingi yillarga qaraganda anchayin ortgani kishini quvontiradi, albatta.
Negaki, olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizning ko'pchiligi qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan xalqimizni mamnun etmoqdaki, bu ularga bo'lgan ishonchni yanada ortishiga sabab bo'lmoqda. Bu kabi elimiz mehrini qozongan sportchilarimiz orasida bokschilarimiz ko'pchilikni tashkil etadi, desak xato bo'lmas. Bu 1996 yil Atlantada o'tgan XXVI yozgi olimpiya o'yinlarida ilk bor mustaqil yurt vakillari sifatida ishtirok etgan terma jamoamiz orasida Karim To'laganovning sovrindorlar safidan o'rin olgani yoki 2000 yil Sidneyda o'tgan to'rt yilliking eng nufuzli musobaqasida mustaqil yurtimizga birinchi bor yozgi olimpiya o'yinlarining oltin medalini bokschimiz Muhammadqodir Abdullaev keltirgani bilangina emas, balki, so'nggi yillarda yurtimizda boksga etibor yanada ortgani bilan ham izohlanadi.
Bu etibor va erishilayotgan muvaffaqiyatlar Xalqaro boks associaciyasi-AIBAni ham befarq qoldirmadi. So'nggi ikki yil ichida bir necha bor Toshkentga kelgan tashkilot rahbari CHing-Kuo Vu buni ko'p bor etirof etgani xolda joriy yilning 15 iyul kuni Oqsaroy qarorgohida davlatimiz rahbari qabulida bo'ldi. Uchrashuv chog'ida sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati etirofi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. SHuningdek, ilk bor Toshkentda o'tgan AIBAning ijroiya qo'mitasi yig'ilishida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHerzod Toshmatov bir ovozdan ushbu tashkilotning ijroqo'm azoligiga saylandi.
Takidlash kerakki, Xalqaro boks associaciyasi (AIBA) London olimpiadasidan so'ng ushbu sport turini yanada rivojlantirish maqsadida juda ko'plab islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, bosh himoya vositalari bekor qilindi, janglar uch raund bo'lib, har biri raund uch daqiqadan iborat qilindi, ochko berish tizimida ham talay yangiliklar joriy etildi. SHuningdek, bir qator yarim professonal yo'nalishlar joriy etish bilan birga yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqalar ham yanada takomillashtirildi. SHubhasiz, bu kabi yangiliklarga moslashish uchun bir muncha vaqt kerak bo'ladi. Ustiga-ustak navbatdagi olimpiya o'yinlari oldidan tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergan terma jamoa uchun, ayniqsa, bu juda ham murakkab edi. Etiborlisi, O'zbekiston boks federaciyasi rahbarligida terma jamoa ana shu jarayondan muvaffaqiyatli o'ta oldi.
- Biz terma jamoani shakllantirishda ayrimlarga emas, balki hamma yosh toifasiga birdek imkon berib, ishondik, - deydi O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHerzod Toshmatov. – Hozirda jamoamizda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning aksariyati yoshlar bo'lib, bu o'rinda chekka qishloqlardagi murabbiylar ham tarkibimizning muhim bo'lagiga aylandi. Bundan buyongi niyatlarimizdan biri vohada ham boksni yanada ommalashtirib, og'ir vazn toifasidagi raqobatni yanada kuchaytirish.
Hozirgi terma jamoamiz tarkibida Xurshid Tojiboev, Fazliddin G'oipnazarov va Elshod Rasulov bundan avval olimpiya o'yinlarida ishtirok bo'lsa, qolgan sportchilarimizning aksariyati kattalar tarkibida bir martadan Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etdi, xolos. Sportchilarimizning umumiy yoshi o'rtacha 21-22ni tashkil etadi. Bu dunyo miqyosida eng yosh terma jamoa deganidir. Ammo, ularning qisqa muddatda qayd etgan natijalari bo'lajak olimpiya o'yinlarida ham ulardan yanada yuqoriroq natijalar kutishimizga undamoqda.
Bu ayniqsa, o'tgan 2015 yilgi nufuzli musobakalar orqali yaqqol ko'zga tashlana boshladi. Jumladan, 26 avgustdan 5 sentyabrga qadar Bangkok shahrida davom etgan Osiyo chempionatida 10 nafar sportchimizning 2 tasi oltin, 5 tasi kumush va 1 nafari bronza medaliga ega bo'ldi. Bu natija 28 davlatdan 188 nafar sportchi qatnashgan qita chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashimizga zamin yaratdi. Ushbu chempionatining yana bir murakkab tomoni shunda ediki, unda aksariyat vaznlarda chorak finalga qadar etib borgan bokschilar oktyabr oyida Doha shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lar edi. Qatardagi jahon chempionati esa Rio-de-Janeyroda o'tadigan olimpiya o'yinlariga yo'llanma berardi. Bunday vaziyatda tushunarliki, qita chempionatidagi har bir bellashuv misoli final janggi edi.
Qatardagi jahon chempionati tom manoda osiyolik xususan, o'zbek bokschilarini sinovdan o'tkazdi. Negaki, azaldan malumki, deyarli aksariyat sport turlarida bir yilning o'zida Osiyo ham jahon chempionati o'tkazilmaydi. Agar bir mavsumda o'tkazilgan taqdirda ham ular orasida yarim yillar muddat bo'ladi. Osiyo va jahon chempionati orasidagi vaqt atiga bir oy (!) bo'lgani bois terma jamoamiz Taylanddan Malayziya yo'l olishdi.
Bir haftalik faol dam olishdan so'ng (Murabbiylar shtabi terma jamoa azolariing sport formasining izdan chiqishini oldini olish maqsadida shunday yo'l tutdi) yana Bankokda tayyorgarlikni davom ettirib, so'ng Qatarga yo'l oldilar. Doha shahrida 5-15 oktyabr kunlari o'tgan jahon chempionati garchi ishtirokchilarning soni bo'yicha 2013 yil Ostona shahrida o'tgan jahon chempionatiga tenglasha olmasada, biroq sifat jixatidan juda ham yuqori edi. Boisi mazkur chempionatda boshqa qitalardan ham saralangan ring ustalari atiga 23ta olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun kurash olib borishi kerak edi. SHu bois, birinchi jangdanoq hal qiluvchi final misol o'tgan bellashuvlar butun dunyo boks ishqibozlarni etiborida bo'ldi. Jahon chempionatining sovrinli o'rini bilan birga olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun kurash olib borgan 9 nafar vakilimiz bir-biridan kuchli raqiblar bilan jang qilib yakunda to'rtta yo'llanmaga ega bo'ldilar. Bu musobaqada ishtirok etgan 80 ga yaqin davlatning eng sari 260 nafar sportchisi orasida etakchi ko'rsatkich edi. Eng muhimi esa terma jamoamizning har bir azosi o'ziga ishongan xolda jang qilib, barchani etiborini tortdi.
Ayniqsa, 56 kgda ringga chiqqan Murodjon Ahmadalievning hal qiluvchi finalda irlandiyalik Maykl Konlanga qarshi shiddatli janggi musobaqaning bezagiga aylandi. Ilk bor kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan chustlik bokschimiz juda ham tajribali Evropa chempioni hamda London olimpiadasi o'yinlari sovrindori bo'lgan raqibini bir bor nokdaun xolatiga ham tushira oldi va oltinga teng kumush medaliga ega bo'ldi. Yoshlar terma jamoasidan endigina kattalar tarkibiga qo'shilgan farg'onalik Bektemir Meliqo'ziev esa yana finalga qadar etib bordi.
Bunday iliq fikrlarni olimpiya o'yinlari yo'llanmani qo'lga kiritgan Toshkent viloyatilik Elnur Abduraimov hamda Fazliddin G'oipnazarovgagina emas, balki barcha bokschilarimizga nisbatan bemalol aytish mumkin edi. Boisi ularning harakatida jismoniy va ruxiy sifatlarning ortgani ko'zga tashlandi. Aynan mana shu jixat Xitoydagi ikki qitaning 35 davlatidan 226 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqasida vakillarimizga qo'l keldi Joriy yilning 25 mart kuni Kuinan shahrida boshlangan Osiyo-okeaniya qo'shma musobaqasida hamyurtlarimiz yuklatilgan vazifasini ortig'i bilan bajardilar.
Erkaklar terma jamoamizdan 5 nafari Hasanboy Do'smatov (49 kg), SHahobiddin Zoirov (52 kg), SHahram G'iyosov (60 kg), Elshod Rasulov (81 kg), Rustam To'laganov (91 kg) oltin, Bahodir Jalolov (+91kg) hamda xotin qizlar orasida Yodgoroy Mirzaeva (52 kg) kumush medalni qo'lga kiritib, “Rio-2016” o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kirtishdi.
Etiborli jihati, AIBAning taqvim rejasiga binoan keyinchalik Ozarbayjon va Venesuela davlatlarida ham yana olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi musobaqalar bo'lib o'tdi. Biroq, birinchi bor yuz foiz yo'llanmani muddatidan avval qo'lga kiritgan erkaklar terma jamoamiz CHin yurtidagi musobaqadan so'ng xotirjam olimpiya o'yinlari tayyorgarligiga kirishdilar.
- SHu yil boshida salkam 20 kun davomida Kubada yig'in o'tkazdik, - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov Braziliyaga safar oldidan. –Ochig'i, ular istalgan davlat vakillari bilan mashg'ulot olib borishni hoxlamaydi. Qatardagi jahon chempionatidagi natijamizdan so'ng ularning bizga nisbatan qiziqishi ortgan ekan. Rio o'yinlari oldidan bir necha davlat terma jamoalari biz bilan birga yig'in o'tkazish borasida takliflar bildirdi. Biroq, o'zimizda bir emas, bir necha kuchli tarkib borligi bois, shular bilan Yangioboddagi bazamizda yopiq xolda hozirlik ko'rishni maqsadga muvofiq, deb bildik. San-Paulu shahrida bo'ladigan so'nggi yig'inda ham ikkinchi tarkib azolari bizga ko'mak berishadi.
Kezi kelganda tan olish kerak, 2000 yil Sidneyda o'tgan XXVII yozgi olimpiya o'yinlardan so'ng boksimizda biroz pasayish kuzatildi. Bu eng avvalo har qanday holatda ham natija ketidan quvib, zaxiraga etiborsizlik natijasida yuz bergandi. Aynan o'rinbosarlarga so'nggi yillarda alohida etibor berilayotgani ham charm qo'lqop ustalarimiz orasida sog'lom raqobatning kuchayishiga olib keldi.
Hozirda terma jamoaning eng yosh azosi bo'lgan Bektemir 2014 yil yoshlar orasida Osiyo, jahon va o'smirlar olimpiyadasi chempioni bo'lgan. 2015 yil esa bu muvaffaqiyatli yurishini kattalar terma jamoasi safida ham davom ettira oldi. Qolaversa, O'zbekiston Boks federaciyasi tomonidan joriy yil ilk bor tashkil etilgan yarim professonal yo'nalish Butunjahon Boks Seriyasi – WSBda faoliyat olib borgan “Uzbek Tigers” jamoasining aksariyat azolari kechagina yoshlar terma jamoa tarkibida ringga chiqayotgandi.
Aynan ularning mahorati o'laroq, “O'zbek yo'lbarslari” klubi Butunjahon Boks Seriyasining oltinchi mavsumida kuchli raqiblarini mag'lub etgani xolda yarim finalga qadar etib bordi. Aynan mana shu yo'nalishda 11 bor ringga chiqqan Hasanboy Do'smatov barcha raqiblarini ishonchli tarzda engib, o'ziga xos rekord o'rnatdi. APB-AIBA Pro Boxing yo'nalishida faoliyat olib borgan Osiyo chempioni Hurshid Tojiboev esa Braziliya, Irlandiya, Rossiya, Qozog'iston davlati vakillaridan ustun kelib, chempionlik kamariga ega bo'lish bilan birga yana bir karra to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Tarkibdan o'rin olgan sportchilar bir-bir ko'z oldimizdan o'tar ekan, dadil ulardan ayrimlarini bu oltin medal oladi, deya ajratib ko'rsatishga botina olmaymiz. Boisi, ularning barchasi shunga munosib. Ular xuddiki, qo'limizning beshta barmog'iga o'xshaydi. Har birining o'z o'rni va kuchli jixatlari bor. SHunday ekan ularning har biridan va xatto ilk bor o'zbek xotin-qizlari orasida ringga chiquvchi Yodgoroy Mirzaevadan ham yuqori natija kutib qolamiz. Negaki, bunga uning barcha sportchilarimiz qatori ko'zlaridagi o'ziga bo'lgan ishonch undamoqda.
O'tayotgan har bir daqiqa bizni XXXI yozgi olimpiya o'yinlari sari yaqinlashtirmoqda. 200 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida o'tishi kutilayotgan tantanali ochilish marosimida mustaqil O'zbekiston bayrog'ini boks bo'yicha jahon chempionatining sovrindori Bahodir Jalolov ko'tarib o'tadi. Bu yana bir karra boks bo'yicha terma jamoamiz azolariga bo'lgan yuksak ishonchdir.
Rustamali Majidov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, oliy majlis senati azosi
Ulug'bek Hakimjonov “Sport” telekanali hodimi
Fikrlar