07 avg 08:23
Yangiliklar

Boks: U-22 terma jamoamiz Osiyo chempionati yarim final bahslarini yakunladi
Kunduzgi dasturda yigitlarimiz eng ko'p ishtirokchi bilan finalga yo'l olgani haqida xabar bergandik.
Kechki dastur doirasida bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi yarim final bahslari natijalariga ko'ra, 5 nafar qizlarimiz final yo'llanmasini naqd qilishdi. 3 vakilamiz esa bronza bilan musobaqani yakunlaydigan bo'ldi.
Umumjamoa hisobida 14 nafar finalchi bilan ishtirokchilar soni bo'yicha birinchi bo'ldik. U-22 yosh toifasidagi final janglari 11 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Finalga yo'l olgan bokschilarimiz:
Erkaklar:
-55 kg. Samandar Olimov
-60 kg. SHohruh Abdumalikov
-65 kg. Sayat Ilyasov
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg. SHavkatjon Boltaev
-80 kg. Rahmatillo Boymatov
-85 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
-90 kg. SHahzod Polvonov
+90 kg. Halimjon Mamasoliev.
Ayollar:
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-51 kg. Gulsevar Ganieva
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
-70 kg. Oysha Toirova.
Bronza medali sohiblari:
Erkaklar:
-50 kg. Behruz Xoldorov.
Ayollar:
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
-65 kg. Mohira Ahmedova
+81 kg. Diyoraxon Abdumannopova.
Fikrlar