24 fev 11:34
Yangiliklar

Rio Open. Baes chempionlik unvonini himoya qildi
Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida dunyoning 31-raketkasi bo'lib kelgan argentinalik Sebastyan Baes ATP reytingida 60-pog'onadan joy olgan franciyalik Aleksandr Myullerga qarshi kortga chiqdi va 6/2, 6/3 hisobida g'alaba qozondi. Bu bilan Baes o'z chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi. O'tgan yili ham aynan u turnirda bosh sovrin sohibiga aylangandi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sakson etti daqiqa davom etgan final bahsida Baes 3, Myuller 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu Sebastyanning faoliyatidagi ettinchi ATP sovrini bo'ldi. Riodagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi hamda 448,090 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Myuller esa bir haftalik mehnatidan 330 ochko hamda 241,100 dollar ishlab oldi.
Fikrlar