So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

23 noy 08:46
Yangiliklar

Kurash

Rishtonda o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlandi + FOTO

21-22 noyabr kunlari Farg'ona viloyatining Rishton tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan mazkur chempionatda bellashuvlar shiddatli va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tdi.

Belbog'li kurash federaciyasining hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi esa ikki kun davom etgan bellashuvlarda kuchlilarni aniqlab borishdi.

Musobaqada o'g'il bolalar klassik usulida 11 ta vaznda, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida kurash olib borishdi.

Quyida g'olib sportchilar bilan tanishishingiz mumkin:

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

27 kg. 1. Muhammadqodir Umaraliev (Farg'ona), 30 kg. 1. Abdumajit Husanboev (Andijon), 33 kg. 1. Ozodbek Salimov (Farg'ona), 36 kg. 1. Ulug'bek Rahmonaliev (Farg'ona), 40 kg. 1. O'tkirbek Davlatov (Namangan), 44 kg. 1. Saidislom Saidjalolov (Toshkent v.), 48 kg. 1. Yusuf Tursunov (Namangan), 52 kg. 1. Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh.), 55 kg. 1. Mubosher Sobirov (Andijon), 60 kg. 1. Bexruz Ibrohimov (Toshkent v.), +60 kg. 1. Saidaxmed SHektibaev (Qoraqalpog'iston).

Qizlar (erkin yo'nalish)

33 kg. 1. Naimaxon Supxonalieva (Farg'ona), 36 kg. 1. Madina Netbaeva (Qoraqalpog'iston), 40 kg. 1. Nafisaxon Ravshanova (Andijon), 44 kg. 1. Orofat Muhammadova (Andijon), 48 kg. 1. Diyoraxon O'rozova (Andijon), 52 kg. 1. Eldora Alimboeva (Qoraqalpog'iston), +52 kg. 1. Muxlisa Sayfiddinova (Namangan).

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

27 kg. 1. Muhammadmubin Nematjonov (Andijon), 30 kg. 1. Xojakbar Xayrullaev (Farg'ona), 33 kg. 1. Janaris SHinbatirov (Qoraqalpog'iston), 36 kg. 1. Asadbek Abdulboqiev (Namangan), 40 kg. 1. Kuanishbay Jumaniyazov (Qoraqalpog'iston), 44 kg. 1. Axliddin Mamatkarimov (Andijon), 48 kg. 1. Abdullo Abdujalilov (Andijon), 52 kg. 1. Ulug'bek Muhammadjonov (Andijon), 55 kg. 1. Ozodbek Abdusattorov (Farg'ona), 60 kg. 1. Muhammadali Nishonov (Farg'ona), +60 kg. 1. Muhammadyusuf Mo'minov (Farg'ona). 

Bellashuvlar yakuniga etgach, medallarga ega bo'lgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho  sovg'alar bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing