08 iyu 11:39
Yangiliklar

"Rolan Garros". Ayollar o'rtasidagi bosh sovrin hamda €2,550,000 kimga nasib etdi?
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Koko Goff dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni tay-brekda boy bergan 21 yoshli Goff kambek qilishga muvaffaq bo'ldi - 6/7(5), 6/2, 6/4.
Bu bahsga qadar tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida tenglik edi - 5:5. Koko chempionlik evaziga hisobda oldinga chiqib ham oldi. Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Goff 3, Sobolenko 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar g'olibada ko'proq bo'ldi - 8 ga 6. Breyklar bo'yicha ustunlik ham tabiiyki amerikalik tennischi tomonida bo'ldi - 9 ga 6!
SHu tariqa, Goff "Katta Dubulg'a" turnirlarining ikki karra g'olibasiga aylandi. U US Open-2023 chempioni hisoblanadi. O'sha finalda ham Koko Sobolenkoni mag'lub etgandi. Goff bu yilgi mavsumdagi ilk WTA sovrinini qo'lga kiritdi. CHempiolik unga 2000 reyting ochkosi hamda 2 million 550 ming evro mukofot puli keltirdi. Sobolenko esa ikki haftalik mehnatidan 1300 ochko hamda 1 million 275 ming evro pul ishlab oldi.
Fikrlar