01 iyu 15:38
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Koko Goff to'rtinchi davra ishtirokchisi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Koko Goff Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Franciya Ochiq chempionatidagi yurishini davom ettirmoqda.
Amerikalik iqtidor egasi uchinchi davrada WTA reytingida 47-o'rinni egallab turgan chexiyalik Mari Bouzkovani 6/1, 7/6(3) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Koko tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib ilk bor raqibasidan ustun keldi - 1:2.
Uchrashuv 106 daqiqa davom etgan. Endi Goff to'rtinchi bosqichda rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar