28 may 09:34
Yangiliklar

"Rolan Garros". Novak Jokovichning yurishi boshlandi
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich nufuzli musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Serbiyalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 98-pog'onada borayotgan amerikalik Makkenzi Makdonalddan uch setda ham bir xil hisobda ustun keldi - 6/3, 6/3, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Jokovich 7, Makdonald 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 1. Endi ushbu musobaqaning uch karra g'olii ikkinchi davrada franciyalik Korenten Mutega qarshi kortga chiqadi. Mezbon tennischi o'z o'rnida vatandoshi Kleman Taburni 6/3, 7/6(6), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar