01 iyu 11:05
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Novak Jokovichning yurishi davom etmoqda
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich Parij shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik tennischi uchinchi bosqich uchrashuvida ATP reytingida 153-pog'onada borayotgan avstriyalik Filip Misolichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 5, Misolich 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 4 ga 0. Jokovich "Rolan Garros" turnirlaridagi o'zining 99-g'alabasini tantana qildi. Endi u 1/8 finalda britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar