24 iyu 08:52
Yangiliklar
Futbol

“Roma“ Eldor SHomurodovga narx belgiladi
Milliy terma jamoamiz sardorining “Roma“dagi faoliyati yakunlanib bormoqda.
Rimliklar terma jamoamizning sardorini sotish bo'yicha ishlarni olib bormoqda. “Bo'rilar“ 29 yoshli futbolchining transferidan 7-8 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqida Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Hozircha Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ jamoasi asosiy davogar bo'lib turibdi. SHuningdek, Eldorning xizmatlariga Franciyaning “Renn“ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Roma“ Eldorni 2021 yilda “Jenoa“dan 19,6 million evroga sotib olgandi.
Havola :
Fikrlar