21 mar 14:02
Yangiliklar
Futbol

"Roma" La Ligadan yana bir hujumchi olib kelmoqchi
Rimning "Roma" klubi yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun La Ligadan yana bir hujumchi olib kelmoqchi.
"Bo'rilar" "Sevilya" hujumchisi Isaak Romero bilan shartnoma tuzishni reja qilishgan. Ispan klubi o'z navbatida hujumchisini yaxshi taklif bo'lgan taqdirda sotib yuborishga tayyor.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarket hujumchini 15 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar