03 mar 14:12
Yangiliklar
Futbol
"Roma" o'z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Roma" hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Jamoa rahbariyati o'yinchining joriy mavsumdagi harakatlaridan mamnun.
Yangi kelishuv 2027 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Amaldagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
30 yoshli argentinalikning kelishuvida har qanday xorij klubi uni 12 million evro miqdoridagi tovon puli evaziga xarid qilishi mumkinligi to'g'risida band bor.
Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar