10 iyu 10:50
Yangiliklar
Futbol

"Roma" SHomurodovning o'rniga APLda o'tgan mavsum 1 ta gol urgan futbolchini olib kelmoqchi
"Brayton" hujumchisi Evan Fergyuson faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin.
20 yoshli hujumchi yangi mavsumni ijara asosida "Roma"da o'tkazadi. Tomonlar kelishuvni yakuniy bosqichini olib borishmoqda.
Fergyusonning "Brayton" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi o'tgan mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt nashri irlandiyalik hujumchini 25 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar