07 apr 10:14
Yangiliklar
Futbol

"Roma" - "Yuventus" o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Eldor SHomurodov kechagi uchrashuv haqida fikr bildirdi
Rimning "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov "Yuventus"ga qarshi uchrashuvdan so'ng DAZN nashriga intervyu berdi.
"Raneri ikkinchi bo'limga chiqishimizdan oldin menga Artyom Dobvikka yordam berishimni aytdi. Ikkinchi bo'lim yaxshi boshlandi, lekin g'alaba qozona olmaganimiz achinarli bo'ldi.
Biz yana bir gol urishimiz mumkin edi, ammo "Yuventus"ga qarshi o'yinda bir ochko ham yomon natija emas deb o'ylayman. Gol urganimdan xursandman. Dubl qayd etganimda, yanada yaxshiroq bo'lardi.
Oldinda derbi. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va muxlislarni xursand qilishimiz kerak", — dedi SHomurodov.
Havola :
Fikrlar