05 fev 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Roman Dolidze UFC'dagi keyingi jangini mart oyida o'tkazadi, uning raqibi tasdiqlandi
21 mart kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida UFC Fight Night 270 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Gruziyalik o'rta vazn toifasidagi aralash yakka kurash ustasi Roman Dolidze turnirda ishtirok etadigan bo'ldi.
Unga o'sha kuni britaniyalik Kristian Dankan raqiblik qiladi.
Roman Dolidze 37 yoshda. U UFC'da jami 13 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar Kristian Dankan hisobida esa UFC'da qo'lga kiritilgan 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar