21 may 17:07
Yangiliklar
Futbol

Ronalduning fitnes-brasleti uning biologik yoshi 29da ekanini ko'rsatdi
Portugaliya futboli afsonasi Krishtianu Ronaldu futbolda yana 10 yil o'ynashini aytdi.
40 yoshli "Al-Nasr" hujumchisi buni Whoop texnologiya kompaniyasining podkastida aytdi, ushbu kompaniya fitnes-trekerlar va sog'liqni monitoring qilish qurilmalariga ixtisoslashgan.
Ronalduning fiziologik malumotlari o'lchandi: yurak urishi tezligi, yurak ritmi o'zgarishi va boshqa ko'plab ko'rsatkichlar, shuningdek, uning yuklanishi, tiklanishi va uyqusi haqida malumotlar taqdim etildi.
"Hammasi shunchalik yaxshi ekaniga ishonmayman... 28,9 yosh. Bu men yana 10 yil futbol o'ynayman degani", – dedi Whoop ambassadori bo'lgan Krishtianu Ronaldu.
Kompaniyaning takidlashicha, ushbu fitnes-braslet professional darajadagi texnologiya bo'lib, 140 dan ortiq ko'rsatkichni kuzatish imkonini beradi.
Havola :
Fikrlar