So’nggi yangiliklar

01:44Бобир Тагиев иштирокидаги Mangu 3 марказий жанги биринчи раундда якунига етди (ВИДЕО) 0 00:59Mangu 3. Амирхон Алихўжаев иштирокидаги жанг муддатидан аввал якунланди (ВИДЕО) 0 00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0

21 avg 15:49
Yangiliklar

Tokio-2020

Roppa-rosa 1 yil oldin Rio olimpiadasi yakunlangandi

Teglar :  Rio-2016
Bundan bir yil ilgari - mustaqilligimizning yigirma besh yillik to'yi arafasida O'zbekiston sportchilari eng ulug', eng aziz bayramimizga haqiqatan ham arzigudek sovg'a tortiq etdilar.

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida jami 70 nafar hamyurtimiz, jumladan, 23 xotin-qiz sportning akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, engil atletika, og'ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo, tennis, trampolin, o'q otish, erkin va yunon-rum kurashi turlari bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Rio-de-Janeyro olimpiadasida jami 87 davlat vakillari medallarni qo'lga kiritishga erishdi. Oltin medalga sazovor bo'lganlar yanada kam - 59 mamlakat. Aholisi salkam 1 milliard 300 million bo'lgan Hindistondan Rio-de-Janeyro olimpiadasida 124 nafar sportchi qatnashdi. Ammo ulardan birortasi Olimpiya chempioni bo'la olmadi. Yoki oxirgi yillarda dunyoda sport salohiyati tobora ortib borayotgan Portugaliya nomidan 92 sportchi maydonga tushdi va atigi bir nafari bronza medali bilan taqdirlandi.
Agar bu kabi ko'rsatkichlarni hamyurtlarimizning XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida erishgan natijalari bilan qiyoslasak, O'zbekiston sportchilarining qo'lga kiritgan yutuqlari nechog'li salmoqli ekanligi yanada oydinlashadi.
Rio-de-Janeyro olimpiadasida O'zbekiston sportchilari jami to'rt oltin, ikki kumush va etti bronza medalni qo'lga kiritib, 207 jamoa sportchilari orasida 21-o'rinni egalladilar. Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, MDH mamlakatlari o'rtasida hamyurtlarimiz Rossiya sportchilaridan keyin ikkinchi, Osiyoda esa Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya vakillaridan so'ng to'rtinchi pog'onani egallaganining o'zi yurtimiz sport salohiyati nechog'li o'sganligini tasdiqlab turibdi.

Rio olimpiadasida dastlabki oltin medalni bokschimiz Hasanboy Do'smatov qo'lga kiritdi. Bir kun o'tib esa og'ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov olimpiya rekordini o'rnatgan holda chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Musobaqaning so'nggi kunida esa SHahobiddin Zoirov va Fazliddin G'oibnazarovlar ham termamiz hisobiga yuqori probali medallarni taqdim etdi.

Rio-de-Janeyro olimpiadasi o'zbek boksi tarixida yangi va nurli sahifa ochganligi bilan yodimizda saqlanib qolishi shubhasiz. Musobaqalarda erkaklar o'rtasida ringga chiqqan o'n nafar charm qo'lqop ustasidan etti nafari shohsupaga ko'tarildi. SHiddatli va murosasiz kechgan janglarda hamyurtlarimizning Kuba, Rossiya, AQSH, Kolumbiya, Qozog'iston singari davlatlarning nomdor bokschilarini mag'lubiyatga uchratganligini dunyo boks mutaxassislari hali uzoq yillar eslab yurishsa ajabmas. Boks bo'yicha shohsupaga ko'tarilgan yigitlarimizdan uch nafari oltin, ikki nafari kumush va yana ikki nafari ko'ksini bronza medali bezadi. Bektemir Meliqo'ziev va SHahram G'iyosov kumush, Murodjon Ahmadaliev va Rustam To'laganov bronza sovrindorga aylandi. Ularning har biri ko'rsatgan mahorat va matonat alohida etirofga loyiq.

Dzyudochilarimizdan Rishod Sobirov o'zining olimpiadalardagi uchinchi bronza medaliga ega bo'ldi. Uning jamoadoshi Diyorbek O'rozboev ham kuchli uchlikdan joy egalladi.
Erkin kurashchilarimizdan Ixtiyor Navro'zov va Magomed Ibragimov, yunon-rum kurashi ustasi Elmurod Tasmuradov ham sovrindorlar qatorida etirof etildi. Rio olimpiadasi o'zbek sporti yangi bosqichga ko'tarilganini amalda isbotladi.

Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan 31-yozgi olimpiya o'yinlarida o'zbek o'g'lonlari nimalarga qodir ekanligini yana bir karra isbotladilar va buyuk ajdodlariga munosib voris ekanliklarini yorqin namoyish etdilar shuning birobarida, plankani ancha yuqori ko'targan holda keyingi 2020 yilgi olimpiyachilarimiz uchun yanada katta masuliyat yukini yukladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing