13 apr 08:03
Yangiliklar

Rossiya boks federaciyasi CASga ikkita davo arizasi bilan chiqdi
Arizalarning qisqacha mazmuni: rossiyalik sportchilarning musobaqalardan chetlatilishi hamda Rossiya hududida xalqaro musobaqalar o'tkazilishining taqiqlanishi.
Mart oyida Xalqaro boks assosiaciyasi (IBA) rossiya va belaruslik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirdi. SHuningdek, IBA 2022 yili Rossiya hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqalarni ham bekor qildi.
"Biz CASga ariza berdik. Bu haqda avvalroq xabar bermagandik, sababi bizning ispaniyalik advokatimiz bor, biz unga pul o'tkazdik, lekin pul o'z vaqtida etib bormadi. Asosiysi, ariza berishda talab qilinadigan to'lov SASga etib borgan. U qabul qilindi.
Bizda ikkita davo bor: chetlatilgan bokschilarimizning shanini himoya qilish va Rossiya hududida xalqaro musobaqalar o'tkazish", - deb xabar qilgan federaciya bosh kotibi Tatyana Kirienko.
Fikrlar