22 dek 11:20
Yangiliklar
Tennis
Rossiya Davlat dumasi deputati: "O'zbekiston uni shunchaki sotib olishi mumkin edi"
Rossiya Federaciyasi Davlat dumasi deputati Irina Rodnina dunyoning 104-raketkasi Polina Kudermetova O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Anchadan beri malumki, yaqin xorij, O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjon sharafini himoya qilishni boshlagan rossiyalik sportchilar bunday qarorlarni moliyaviy manfaatdorlik tufayli qabul qilishadi. O'zbekiston bu tennischilarni sotib olishi mumkin edi va shunday ham bo'ldi", - dedi Rodnina.
Eslatib o'tamiz, qisqa fursatda rossiyalik tennischilar Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan edi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar