12 avg 15:13
Yangiliklar
Tokio-2020
Rossiya Federaciyasi sport vaziri: Minimum vazifa bajarildi
Rossiya Federaciyasi sport vaziri Oleg Maticin terma jamoaning Tokiodagi ishtirokiga baho berdi.
"Rossiya terma jamoasi doim yuqori maqsadlarni qo'yib kelgan. Doim yuqori maqsadlarni qo'yamiz, biroq Olimpiya o'yinlaridan avval bo'lib o'tgan yig'ilishda biz imkoniyatlarimizni yaxshilab ko'rib chiqdik. SHundan so'ng maksimum umumjamoa hisobida uchinchi o'rin, minimum esa beshinchi o'rin bo'lish biz uchun ajoyib natija bo'lishini bilgan edik. SHunday ekan sportchilarimiz minimum vazifani bajarishga erishishdi",-dedi sport vaziri.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 20 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medalni olgan holda umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar