25 dek 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Rossiya, O'zbekiston va Qozog'iston - eng kuchlilar". Rossiyalik Jahon chempioni boksdagi raqobat haqida gapirdi
Rossiyalik Jahon chempioni Jambulat Bijamov Dubayda bo'lib o'tgan jahon chempionatida rossiyalik bokschilarning kuchli raqiblari bo'lmagani haqidagi fikrlarga qo'shilmasligini bildirdi.
"Eng kuchli terma jamoalar — ananaviy ravishda Rossiya, O'zbekiston va Qozog'iston. Liverpuldagi jahon chempionatida rossiyaliklar yo'q edi, O'zbekiston va Qozog'iston esa medallarning yarmini qo'lga kiritdi. Dubayda bu jamoalar birinchi raqam ostida qatnashdi. Endi esa biz paydo bo'ldik — ko'rinib turibdiki, bu ko'pchilikka yoqmayapti.
"SHuni takidlamoqchimanki, finalda men amaldagi jahon chempioni — O'zbekistonlik Javohir Ummatalievni mag'lub etdim. O'ylaymanki, bunday g'alabalar raqobat darajasi haqidagi barcha savollarga javob beradi", — dedi Bijamov.
Havola :
Manba : Sport-interfax.ru.
Fikrlar