17 okt 06:47
Yangiliklar

Rossiyada uzoq kutilgan qonli jang uchinchi raundda yakunlandi
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida amaldagi AMC Fight Nights chempioni Vladimir Mineev vatandoshi Magomed Ismailovga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ushbu jang revansh maqomida bo'lib, 2018 yili o'tkazilgan ilk to'qnashuvda durang natija qayd etilgandi.
«WOW» arenada o'tgan va Rossiyada "yil jangi" deya etirof etilgan jang uchinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Vladimir Mineev parterda raqibini nokautga uchratdi. Magomed Ismailov zarbalarga "reakciya" bildirmay qo'ygach, referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Maga Ismailov ham jangni yaxshi o'tkazdi. Raqibiga juda kuchli zarbalar yo'llay oldi. Buni Mineevning deyarli yumilib qolgan ko'zlaridan ham ko'rish mumkin. Lekin uchinchi raundda Vladimir vaziyatni o'zgartira oldi. Jang yakunlanishiga 19 soniya qolgan bir paytda referi Gerixan SHibilov qonli to'qnashuvni to'xtatib, Mineevni g'olib sifatida elon qildi.
Fikrlar