02 dek 12:46
Yangiliklar
Tennis
Rossiyadan mahalliylashtirilgan Kamilla Rahimova O'zbekiston nomidan o'tkazgan ilk o'yinida qiyinchiliksiz g'alaba qozondi
Kecha O'zbekiston tennis federaciyasi professional tennischi Kamilla Rahimova mahalliylashtirilgani haqida xabar bergandi.
24 yoshli asli rossiyalik raketka ustasi O'zbekiston safiga o'tganidan keyingi dastlabki o'yinida kortga chiqdi.
U Franciyaning Anje shahrida bo'lib o'tayotgan WTA 125 musobaqasida ishtirok etmoqda. Rahimova kecha musobaqaning ilk davrasida neytral maqomdagi sportchi Alina Korneevaga (WTA-216) qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 5 daqiqa davom etgan o'yinda Kamilla 2:0 (6/1, 6/1) hisobida zafar quchdi.
Tennischimiz ertaga nimchorak final bosqichi doirasida Polsha vakilasi Linda Klimovichova bilan to'qnash keladi. Bahs 14:00 dan so'ng boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, Kamilla Rahimova ayni damda WTA reytingida 112, 21 yashar Linda Klimovichova esa 145-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar