25 okt 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyaga UFC qaytadimi? Dana Uayt javob berdi
Kecha Abu-Dabi shahrida UFC 308 turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida promoushen rahbari Dana Uaytga ko'plab savollar berildi.
Jumladan, tashkilot rahbari Rossiyada yana UFC turniri o'tkaziladimi degan savolga ham javob berdi.
"Ha, biz Rossiyaga qaytamiz. Lekin hozir bu narsa qachon amalga oshishini aniq ayta olmayman", — dedi Uayt.
Malumot uchun, Rossiya hududidagi so'nggi UFC turniri 2019 yilning 9 noyabr kuni o'tkazilgan edi. O'shanda UFC Fight Night 163 turniriga Moskvadagi "CSKA Arena" mezbonlik qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar