11 fev 09:30
Yangiliklar
Boshqalar, Tokio-2020
Rossiyalik atlet Olimpiada medalidan mahrum qilindi
Rossiyalik engil atletikachi Mariya Savinova London Olimpiadasining oltin medalidan mahrum qilindi.
Bundan tashqari, Savinova antidoping qoidalarini buzgani uchun to'rt yilga katta sportdan diskvalifikaciya qilindi. Bu hali hammasi emas. Rossiyalik sportchi Evropa chempionatida qo'lga kiritgan medallaridan ham mosuvo bo'ldi.
“Aniq dalillar asnosida Mariya Savinova-Farnosovaning 2010 yilning 26 iyulidan 2013 yilning 19 avgustiga qadar doping istemol qilganini malum qilamiz”, – deyiladi Sport arbitraj sudining qarorida.
Savinovaning yuqorida ko'rsatilgan muddat orasidagi 800 metr masofada qayd etgan natijalari va qo'lga kiritgan yutuqlari bekor qilindi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar